Sayt test rejimida ishlamoqda!

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi – Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod maktabi.

200 dan oshiq oʻquvchini qamrab olgan maktab, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi „Buyuk oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy ijodining ulkan ahamiyatini inobatga olib, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, ajdodlarimizning maʼnaviy merosi bilan faxrlanish va iftixor tuygʻularini yuksaltirish hamda yozuvchi tavalludining 125 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida“gi farmoyishi bilan tashkil etilgan. 2019-yil 26-dekabrdan boshlab, taʼlim muassasi oʻz binosiga ega boʻlgan. Maktab 7-sinfdan boshlab oʻquvchilarni qabul qiladi.

Mazkur ijod maktabining boshqa maktablardan farqli tomoni shuki, unda oʻquvchilarga ona tili, adabiyot va chet tillari chuqurlashtirib oʻrgatiladi. Mashhur adiblar, yozuvchilar, shoirlar tomonidan muntazam mahorat darslari oʻtkazib kelinadi.

Yangi O'zbekiston - Kelajak ijodkorlari
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Nega ota-onalar ijod maktabini tanlashadi?
  • Ijodkorlik va o'ziga xoslikni rivojlantirish
    Ijod Maktabi bolalarning adabiy qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratadi. O'quvchilar she'r va hikoyalar yozishni o'rganib, o'z ichki dunyosini ochishadi va ifodalaydilar.
  • Yuqori sifatli adabiy ta'lim
    Nazm va nasr darslari tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi. Maktab o'quvchilari nafaqat yozuv texnikalarini, balki adabiyot tarixi va yirik asarlarning tahlilini ham o'rganadilar.
  • Boy madaniy dasturlar
    Ijod Maktabida adabiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar va boshqa madaniy tadbirlar muntazam o'tkazilib, bolalar mashhur yozuvchilar va shoirlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
  • Texnologiya bilan uyg'un ijod
    Zamonaviy texnologiyalar yordamida bolalar ijodiy ishlarini raqamli ko'rinishda ifoda etishadi, shuningdek, multimedia loyihalarida ishtirok etadilar.
Imamxodjayeva Aziza Anvarovna
Maktab direktori
1980 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. 2007 yil Nizomiy nomidagi TDPU tamomlagan. Ish tajribasi 27 yil.
"Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni va "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. Toshkent shahri va Respublika miqyosida o'tkazilgan bir qator ko'rik tanlovlar g'olibasi. Ko'plab mukofotlar va sertifikatlar sohibasi. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida mustaqil izlanuvchi (PhD).
Maktab rahbariyati
- bu o‘z ishiga fidoyi, bilimli va tashabbuskor jamoa.
Har biri o‘z yo‘nalishida mas’uliyat bilan ishlaydi, yangilikka intiladi va jamoaning bir butun maqsad sari harakatini ta’minlaydi.
  • To'ychiyev Berdiyor Baxtiyarovich

    O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

  • Nazirxodjayeva Laziza Albertovna

    Ixtisoslik fanlari bo’yicha direktor o’rinbosari

  • Rasulova Muxlisa Nazimovna

    Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari

  • Bazarbayeva Ayzada Amanbay qizi

    Kadrlar bo'yicha menejer

Yangiliklar
Bu yerda siz maktab hayoti va ta'lim sohasidagi voqea-hodisalar, yangiliklar bilan qisqacha tanishib chiqishingiz mumkin.
Biz bilan bo'glanish
+998 95 479 20 80
abdullaqodiriyijodmaktabi@gmail.com
Toshkent shahri, Zarqaynar ko'chasi 6/2
© All Rights Reserved. Abdulla Qodiriy ijod maktabi.
Made on
Tilda